Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha Germaniya tajribasi oʻrganilmoqda

12-iyul 2024-yil
image

Ayni kunlarda oʻzbekistonlik bir guruh taʼlim sohasi ekspertlari oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishning Germaniya tajribasi bilan tanishish maqsadida Berlin shahrida boʻlib turishibdi. 

Germaniya hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirlarda Germaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (DGB), Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (DIHK), Berlin global oʻrganish markazi (EPIZ), Kasbiy taʼlim va trening boʻyicha federal instituti (BIBB) hamda yirik ish beruvchi korxonalar (BVG, Schindler) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
 
Shuningdek, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari bilan yurtimiz oʻquvchi-yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu