Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan hamkorlikda matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Bugun poytaxtimizda mazkur treninglarning ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va Marshall Cavendish Education tashkiloti mas’ullari, ustozlar hamda koordinatorlar ishtirok etishdi.
Unda Respublikamiz bo‘ylab 200 nafar o‘qituvchi va 60 nafar koordinator ishtirok etmoqda.
Ushbu trening tadbiri davomida 200 nafar bosh murabbiy tayyorlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida mamlakatimizning 14 hududidagi hamkasblariga yangi bilim va ko‘nikmalarni yetkazishadi.
Treninglar davomida xorijiy mutaxassislar tomonidan:
- Ta’lim tajribasi va jarayonlarni rejalashtirish,
- ustozlar uchun ish rejasini tayyorlash va taqdim etish,
- o‘quvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish,
- PISA tadqiqotlari va uning ahamiyati kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.
Treninglar joriy yilning 12-iyuliga qadar davom etadi.