Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchilar oʻrtasida sportni targʻib qilish, sportning ommaviyligini oshirish, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Sport & Dance challenge” shiori ostida respublika onlayn tanlovini oʻtkazadi.
Tanlovda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi kamida 30 nafar oʻquvchisi bilan birgalikda sport va raqs harakatlarini uygʻunlashtirgan holda faollashtiruvchi badantarbiya mashqlari aks etgan 2 daqiqalik video suratga olishi lozim.
Videorolik 2021-yilning 15-17-mart kunlari soat 8:00 dan 22:00 ga qadar Xalq taʼlimi vazirligining Facebook.com ijtimoiy tarmogʻidagi 5tashabbus_maktabda guruhiga joylashtirilishi lozim.
Gʻoliblar quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi:
– toʻgʻri va mos tanlangan musiqa;
– musiqa – harakatlar uygʻunligi;
– raqs harakatining asosiy ritmi va tempi;
– sinxronlik;
– faollashtiruvchi va sogʻlomlashtiruvchi xususiyat;
– sport va raqs harakatlaridan mos ravishda foydalanilganlik;
– vaqt reglamenti.
Tanlov gʻoliblari Хalq taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
.