Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining raqamlashtirish yoʻnalishiga masʼul xodimlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Unda:
· “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz” va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish;
· mavjud dasturiy tizimlarini axborot xavfsizligini taʼminlash va kelgusida takomillashtirish borish;
· alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻquvchilarni elektron qabul qilish;
· “eMaktab” platformasi va undan foydalanish kabi masalalar boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Agentlik va vazirlikning masʼul xodimlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.