Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 10-13-may kunlari fransuz, hind, ingliz, koreys, nemis, xitoy, yapon tili, qirg‘iz, qozoq, tojik turkman tili va adabiyoti fanlaridan dars beruvchi pedagoglar malaka toifasi uchun test sinovlarini topshirishi belgilangan.
Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan test sinovlarida barcha hudud pedagoglari faol ishtirok etmoqda.
Fotolavhalarda respublikamizda bo‘lib o‘tayotgan test sinovi jarayonlar aks etgan.