VAZIR O‘RINBOSARI  NUROBOD TUMANIDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANMOQDA

23-fevral 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov Nurobod tumanida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari baholash tizimiga o‘tgan 2-, va 41-umumta’lim maktablarida bo‘ldi. Tashrif davomida vazir o‘rinbosari choraklik summativ baholash bo‘yicha maktablarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek,  vazir o‘rinbosari tumandagi oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil toifadagi  35-umumta’lim maktabida bo‘lib,bu yerda  o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Tashrif davomida ta’lim muassasasining yangi binosini qurish bo‘yicha davlat dasturiga taklif tayyorlash  hamda maktab kutubxonasini  bolalar adabiyoti kitoblari bilan boyitish bo'yicha topshiriqlar berdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu