Prezidentning “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi

17-fevral 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar oldiga joriy yilning 4-choragiga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari hududida kuchli gazlangan, rangli, shirin va energetik ichimliklar va yuqori darajada tuzlangan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol va realizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar joriy etish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu