Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi hamda faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha:
o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish tartibi;
o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishiga qo‘yilgan talablar va baholash mezoni;
o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish bo‘yicha fanlar ro‘yxati;
o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi ommalashtirilganligi to‘g‘risidagi sertifikat namunasi;
o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi ommalashtirilganligi to‘g‘risida sertifikatlar berish bosqichlari tasdiqlandi.
Buyruq matni