Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Bibtexnika" karvonini hududlarga jo‘natish jarayoni bo‘lib o‘tdi. (https://fb.watch/pAHqqRiZGF/)
Bundan ko'zlangan maqsad umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.
Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
"Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud:
jamlama kitobi,
inventar kitobi,
kundalik daftari,
kitobxon formulyari,
"cho‘ntakcha",
alifboli kartochka,
qaytaruv varaqasi,
to‘plam g‘ilofi.
Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumta’lim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.