Milliy Gvardiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan o'quv yig'inining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

9-yanvar 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan o'quv yig'inining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda  vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov o'qituvchilarni o'quv yig'inida muvaffaqiyatli ishtirok etishgani bilan tabriklashdi.

Shundan so'ng ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusi ishlarida omad tilashdi.

Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun 5 kun davom etgan seminarlar davomida, jumladan:

Taym menejment-vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va boshqarish,

Harbiy topografiya va uning ahamiyati,

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish haqida so'z bordi.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”ga ekskursiyalar ham tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: "Temurbeklar maktabi"da bo‘lib o‘tgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu