Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bugungi kunga qadar maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida 600 mingga yaqin, jumladan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 98,3 ming;
– Andijon viloyatida — 35,1 ming;
– Buxoro viloyatida — 34,1 ming;
– Jizzax viloyatida — 92,1 ming;
– Navoiy viloyatida — 29,7 ming;
– Namangan viloyatida — 11,7 ming;
– Samarqand viloyatida — 68 ming;
– Surxondaryo viloyatida — 12,9 ming;
– Sirdaryo viloyatida — 13 ming;
– Farg‘ona viloyatida — 72,9 ming;
– Xorazm viloyatida — 68,9 ming;
– Toshkent shahrida — 64,9 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.