Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

22-oktabr 2023-yil
image

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Namangan viloyati Pop tumani 67-IDUM jamoasi 1-o‘rinni, 
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 47-maktab jamoasi 2-o‘rinni,
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani 48-maktab jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

Mazkur jamoalar a’zolarining har biri maxsus diplom, tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari hamda noutbuklar bilan taqdirlanishdi.

Gʻolib jamoalar a’zolari qo‘shimcha ravishda respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinish va bir o‘quv yili davomida quyidagi miqdorlarda stipendiyalar bilan taqdirlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi: 

1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari; 

2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari; 

 3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 

Maktablardagi "Zakovat" klublarining faoliyati eng yaxshi, deb topilgan 30 nafar koordinatorlari planshetlar bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, Respublikadagi barcha maktablar "Zakovat" klublari koordinatorlari Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir marta moddiy rag‘batlantiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu