Sayt test rejimida ishlamoqda

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning yangi modeli tanishtirildi

23-oktabr 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun "Chempion maktablar" loyihasi doirasida kasbiy rivojlanish seminar-treningi o‘tkazildi. 

Unda vazirlik mas’ullari, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Deniz Uyeddinxem va butun Respublikadan kelgan maktab direktorlari hamda ustozlar ishtirok etishdi. 

Treninglar doirasida qatnashchilar bugungi mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kadrlarni yetishtirish uchun o‘qituvchi qaysi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda bunday o‘qituvchilarni shakllantirish uchun maktab rahbariyati qanday bo‘lishi lozimligi haqida taqdimot ishlarini tayyorlashdi. 

Shuningdek, seminar davomida ingliz tili o‘qituvchilarga kasbiy rivojlanishning yangi modeli tanishtirildi. Mazkur model asosida ustozlar o‘z maktablaridagi ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishlari uchun mas’ul bo‘lishadi. 

Bunda endi o‘qituvchilar malaka oshirish institutlarida emas, o‘quv dargohining o‘zida o‘z ustlarida ishlashlari mumkin. Maktab direktorlari esa mazkur jarayonda ustozlarga yordam berishadi.

Ushbu tizim tajriba-sinov tariqasida 19 ta maktabda joriy etilmoqda. 

Kelajakda ushbu model boshqa fanlar uchun ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu