Sayt test rejimida ishlamoqda

Yashil makonga aylantirilgan maktab

16-oktabr 2023-yil
image

Ikki yil oldin "Yashil makon" umummilliy harakatiga start berilganida, mazkur loyiha doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlagan Toshkent shahridagi 81-maktab jamoasi loyihani yanada kengaytirishga erishishgan. 

Natijada ushbu ta'lim muassasasi bog‘i kengayib, turli daraxtlar va gullar bilan boyigan va  maktab 2022-yil "Eco Uzbekistan" loyihasiga a’zo bo‘lgan.

Bugungi kunda maktabda 10 nafar o‘quvchi va 5 nafar o‘qituvchilardan iborat ekofaollar jamoasi tuzilgan va  ekologik muhitni yaxshilash borasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi.

O‘quv dargohi issiqxonasida ekologik toza hosil yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.  Bundan tashqari daraxt ko‘chatlari ko‘paytirilib, maktab bog‘i kengaytirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu