O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Singapurda bo‘lib o‘tgan FIRST GLOBAL CHALLENGE robototexnika chempionatida g‘olib bo‘lishdi.
Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
1) Shukrullo Sodiqov — Buxoro shahri,
2) Mahkambek Teshabayev - Toshkent shahri,
3) Nazarboy Rahmonov - Toshkent shahri,
4) Abdulaziz Mirahmedov - Toshkent shahri,
5) Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.
“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rishdi. O‘zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi jamoa ustozi Safina Teshabayeva.
FIRST GLOBAL CHALLENGE - har yili turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan robototexnika bo‘yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.
Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100% grant yutib olgan.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.