Sayt test rejimida ishlamoqda

20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO)da O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi

14-oktabr 2023-yil
image

Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning  ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi: 

– Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;

– Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;

– Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

– Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi;

– Rahimboy Vaysboyev - Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o‘quvchisi;

– Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o‘quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu