“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga doir qator vazifalar belgilandi

12-sentabr 2023-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.

Shuningdek, joriy yilda qarorda belgilanganidek:

maktabgacha ta’lim qamrov darajasini 74 foizga hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini 26 mingtaga yetkaziladi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushiriladi, xususan, biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish yo‘lga qo‘yiladi;

Islom taraqqiyot banki, Arab muvofiqlashtirish guruqi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati        va samaradorligini oshirish”      qo‘shma moliyalashtirish loyihasini amalga oshiriladi;

maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilib, yangi quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida olib borilayotgan ishlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarga “to‘siqsiz muhit” yaratish ustidan doimiy nazorat qilish va keng jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqiladi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etiladi

2023/2024-o‘quv yilida:

mamlakatimiz bo‘yicha 120 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida tanlov fanlari joriy qilinadi.

Qarorga ko‘ra:

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasi;

umumiy o‘rta ta’lim maktablari raqbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;

nodavlat umumiy ӯrta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va bunda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun har yili respublika bo‘yicha kamida 50 gektar yer uchastkalarini auksionga chiqarish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu