Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi
Bugun — 4 sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024 o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirlarda faol o‘quvchilar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarishdi.
Ma’lumot uchun aytish lozimki, umumta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.