Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov davlatimiz rahbari tomonidan maktablardagi «Yoshlar yetakchisi» lavozimining stavkasini kamaytirmaslik bo‘yicha topshiriq berilgani haqida avvalroq xabar bergandi.
Ushbu vazifalarni so‘zsiz va sifatli amalga oshirish hamda barcha umumta’lim muassasalarida «Yoshlar yetakchisi» lavozimi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida barcha hududiy boshqarmalarga ko‘rsatma berildi.
Unga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab barcha umumta’lim muassasalarda «Yoshlar yetakchisi» lavozimini 1 shtat birligi miqdorida saqlanishi hamda oylik ish haqi to‘lovlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini qat’iy nazoratga olinishi topshirildi..