Koll-markazga eng ko‘p tushayotgan savollarga javoblar

27-iyul 2023-yil
image

Savol: Biz turmush o‘rtog‘imning ishlari tufayli Toshkent shahrida yashaymiz, ammo Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turamiz. Farzandimni 1-sinfga hujjatlarini topshirayotganda harbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz. Bundan holatda qanday yo‘l tutishimiz kerak? 

Javob: Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilida 43 ta tuman va shaharlarda 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn shaklda, ya’ni vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Qabul jarayonlari birinchi navbatda joriy yilning 31-iyuliga qadar umumta’lim maktablariga hokimliklar tomonidan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan boshlab esa mikrohududdan tashqari ya’ni bir tumandan boshqa tumanga, 10-avgustdan esa istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Qabul jarayonlari 15-avgustda yakunlanadi. 

Siz Toshkent shahrida vaqtincha yashash joyingiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, joriy yilning 10-avgustidan so‘ng farzandingizni maktabga joylashtirish uchun ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Savol: O‘g‘lim Yangihayot tumanidagi 8-sonli maktabning 1-sinfini tugatdi. Keyingi o‘quv yilida o‘g‘limni o‘qishini ish joyimga yaqin bo‘lgan boshqa maktabga o‘zgartirmoqchiman. Maktabdan maktabga ko‘chirish jarayonlari boshlandimi? 

Javob: O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish ota-onalarning murojaatlari  asosida o‘quv yili davomida yoki yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi.  Buning uchun siz, vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda ariza berishingiz kerak.

Yuborilgan arizalar 3 ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilib, ariza beruvchining farzandini maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi (sabablari ko‘rsatiladi) haqida ma’lumot tizimga yuklanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu