2023 yilda oromgohlarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, bolalarni mazmunli dam olishlarini yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
– Joriy yilda 200 ta statsionar oromgohlarda jami 157 775 nafar bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 195 ta oromgohlarda 106 840 ta bolalar dam oldirildi.
– Joriy yilning 10-iyul holatiga Yoz mavsumi davomida umumta’lim muassasalarining 309 192 nafar o‘quvchilari teatrlarga, 22 010 nafari muzeylarga hamda 25 448 nafari tarixiy manzilgohlarga sayohatlarga jalb etildi.
– “Tog‘ sarguzashtlari” festivalining respublika bosqichi 2023-yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon tog‘ yonbag‘rida o‘tkazildi. Festival jarayonlariga 27 433 nafar o‘quvchi-yoshlar hamda 597 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olindi.
– “Barkamol avlod” bolalar maktablarida faoliyat yuritayotgan hamda ilg‘or ish tajribalariga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlarini aniqlash, ularning mehnatini munosib taqdirlash va ommalashtirish maqsadida “Yil to‘garak rahbari” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning 1-bosqichida respublikaning barcha tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 1574 nafar to‘garak rahbarlari qamrab olindi.