Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

6-iyun 2023-yil
image

Savol: Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi? Yoki 40+10 holatida to‘lanadimi? 

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi. 

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integrasiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning 
20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.

Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu