“YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI” FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida festival tashkil etildi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Festival doirasida to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts Group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, festival barcha hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan markaziy istirohat bog‘larda, xiyobonlar hamda ko‘ngilochar maskanlarida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish, ularning sotuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda tashkil etilgan to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.