Chilonzordagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri topshirig‘iga asosan ta'lim tashkilotidagi muhit nazoratga olingan, o'rganish ishlari davom etmoqda.
Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.