KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR

3-may 2023-yil
image

KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR

Savol: Men maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Ko‘rish bo‘yicha 1-guruh nogironiman. Qonunchilikda nogironligi bor shaxslar, jumladan o‘qituvchilar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi. 

Javob: Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jumladan quyidagi imtiyozlari mavjud:

- Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon – kotiba lavozimi kiritilgan. 
- Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritilgan.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan  mehnat ta’tili olishga haqli.
- Mehnat ish haqiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar har 2 yilda bir marta  nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
- Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar umumiy qabulning 2% miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul  sog‘liklarini tiklashlari ko‘zda tutilgan.
- I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlar yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishadi.
- Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning nogiron farzandlari nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, uning ta’lim harajatlari  bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi  subsidiya asosida qoplab beriladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar  ishga sinov muddatisiz qabul qilinadi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar  uchun davlat muassasalarida  kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu