5-11-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN "PULNI REJALASHTIRING, KELAJAGINGIZNI QURING" MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI
Markaziy bank “Umumjahon pul xaftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi
Markaziy bank aholining 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida videoroliklar tanlovini o‘tkazmoqda. Ushbu tanlovda moliyaviy savodxonlik mavzusida – moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy maqsadlar, raqamli moliyaviy savodxonlik va jamg‘arish madaniyati yo‘nalishlarida ijodiy informasion videorolik yaratish va yuborish ko‘zda tutilgan.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
- 2023 yil 30 aprelgacha “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida 2 daqiqagacha bo‘lgan informativ videorolik suratga olish.
- Ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish.
- Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga yuborish (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki pochta manziliga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6), hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga olib kelishlari mumkin.
- Finlit.uz ijtimoiy sahifalarida anonslarni kuzatib borish zarur.
Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:
1 o‘rin – noutbuk
2 o‘rin – smartfon
3 o‘rin – smart soat
“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusida videoroliklar tanlovi qoidalari.
O‘QITUVCHILAR UCHUN PULNI REJALASHTIRING, KELAJAGINGIZNI QURING” MAVZUSIDAGI ENG YAXSHI DARS TANLOVI
Markaziy bank “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tanlov e’lon qiladi
Tanlov o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish va maktab o‘quvchilarining moliyaviy va raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Tanlov ishi joriy yilning 30 apreliga qadar o‘tkazilgan dars ishlanmasi videoroligi ( 20 daqiqagacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi.
Tanlovning o‘quv fanlari cheklanmagan. Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha darslar 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin.
Tanlov hay’ati tomonidan ta’lim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
▪️o‘quv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi;
▪️darsni o‘tkazishda ijodiy yondashuv (moliyaviy savodxonlikning bir nechta mavzularini birlashtirish – moliyaviy xavfsizlik, jamg‘arma madaniyati, raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy rejalashtirish);
▪️darslarni o‘tkazishda interaktiv elementlarni “edutainment” formatida kiritish;
▪️Finlit.uz moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Markaziy bank o‘quv materiallaridan foydalanish.
Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 eng yaxshi dars tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6 pochta manziliga), hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga taqdim etilishi so‘raladi.
Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:
1 o‘rin – monoblok
2 o‘rin – noutbuk
3 o‘rin – smartfon
“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.