Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, hududlarga tashriflari hamda huzurlarida oʻtkazilgan yigʻilish bayonlari topshiriqlarini ijro holati har hafta juma kuni – vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida, har hafta dushanba kuni – vazir huzurida, har oyda – vazirlik hayʼat majlislarida doimiy tanqidiy muhokama qilib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida oʻtgan besh yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ijrosi yuklatilgan topshiriqlarning soni keskin ortgan.
Jumladan, 2020-yilda 133 ta hujjatdagi 544 ta topshiriq yuklatilgan boʻlsa, 2025-yilda topshiriqlan soni
3 barobarga ortib 259 ta hujjatda belgilangan 1 708 ta topshiriq nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun:
2020-yilda jami 133 ta hujjatda 544 ta topshiriq;
2021-yilda jami 202 ta hujjatda 951 ta topshiriq;
2022-yilda jami 157 ta hujjatda 715 ta topshiriq;
2023-yilda jami 166 ta hujjatda 1 725 ta topshiriq;
2024-yilda jami 185 ta hujjatda 1 047 ta topshiriq;
2025-yil 9 oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 186 ta hujjatida belgilangan 689 ta topshiriq ijrosi taʼminlanishiga erishildi.
Jumladan, ijro muddati SENTABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 167 ta topshiriq hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida 46 ta topshiriqning ijrosi toʻliq taʼminlandi.
Bugungi kunda ijro muddati OKTABR oyiga belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 147 ta topshiriqdan (6 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 147 tasi (100 %)ning ijrosi taʼminlangan, 1 ta topshiriq maʼlumot uchun qabul qilingan.
OKTABR oyida Vazirlar Mahkamasi hujjatlaridagi 46 ta topshiriqdan (15 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 46 ta (100,0 %) topshiriq ijrosi taʼminlangan, Prezident Administratsiyasi rahbarining 63 ta topshirigʻidan (26 ta topshiriq yangi qoʻshilgan) 62 ta (98,4 %)sining ijrosi taʼminlandi, 3 ta topshiriq maʼlumot uchun qabul qilingan.
Maʼlumot uchun:
Prezident Administratsiyasi rahbari topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 1 ta
NOYABR oyida 142 ta asosiy topshiriq ijroga qaratilgan boʻlib
9 tasi muddatidan oldin nazoratdan yechildi. 133 ta topshiriq boʻyicha ham masʼullar bilan birgalikda muhokamalar tashkil etilib kelinmoqda.
Maʼlumot uchun:
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 42 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 28 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 39 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 14 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 17 ta
Dekabr oyida 465 ta asosiy topshiriq ijroga qaratilgan boʻlib 22 ta topshiriq topshiriq doimiy tusga ega boʻlib vakolatli tashkilotlar tomonidan maʼlumot uchun qabul qilinib muddati muvofiqlashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun:
Prezident topshiriqlari komplekslar kesimida:
Vazirning birinchi oʻrinbosari Sh.Karimov – 63 ta, Vazir oʻrinbosari A.Turdiyev – 62 ta, Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev – 75 ta, Vazir oʻrinbosari T.Komilov – 232 ta, Vazir kotibiyati rahbari J.Shamshiyevda – 33 ta
Tahliliy ma'lumotlar:
Yuklab olish
Yuklab olish