2024-yilning 24-oktabr kuni vazirlikning maslahat kengachi tavsiyasiga asosan Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 7-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, pedagogik jamoa, yuqori sinf oʻquvchilari, tuman mutaxassislari, Sergeli tuman xotin-qizlar hamda maktab mikrohududidagi mahalla faollari uchun Inklyuziv taʼlimda bulling va zoʻravonlikning oldini olish mavsudida seminar-trening bo'lib o'tdi.

“Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar, ayniqsa oʻquvchi qizlarning maktabda va oilada zoʻravonlikka uchrashining oldini olish” mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Ushbu seminarda Sergeli tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman maxalla vakillari faol ishtirok etishdi.
Seminarda 230 nafar tinglovchi qamrab olindi.