Korrupsiyaga qarshi kurash

.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘onada viloyat seminari tashkil etildi

4-noyabr 2025-yil
image

Bugun Farg‘ona shahrida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminar Farg‘ona shahar Texnika universitetining faollar zalida o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi vakillari, Davlat fuqarolik xizmati — “Argos” huquqiy portali mutasaddilari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, shuningdek, hududdagi 5 ta shahar va tuman maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, hisobchilari, kadrlar bo‘limi xodimlari, iqtisodchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari va sohaga daxldor xodimlar ishtirok etdilar. Qolgan shahar va tumanlardagi ishtirokchilar esa onlayn tarzda seminarga ulanib qatnashdilar.

Unga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Derzod Dolimov raislik qildi. U sohada korrupsiyani oldini olish, tizimni shaffof va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shaxobiddin Djurabaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Farg‘ona viloyati filiali rahbari o‘rinbosari Samandarbek Rahmonov hamda viloyat prokurorining katta yordamchisi, adliya maslahatchisi Sirojiddin G‘ozievlar so‘zga chiqishdi.

Ular so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qarorlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar va qonunbuzarliklarning achinarli oqibatlari haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, sohaga oid muammolarni bartaraf etish va korrupsiyasiz muhitni shakllantirish borasidagi taklif va mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga bag‘ishlangan videoroliklar ham namoyish etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu