Korrupsiyaga qarshi kurash

.

Samarqandda taʼlimi tizimida korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlari holati muhokama qilindi

15-avgust 2025-yil
image

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida ham korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish maqsadida qonunbuzarlik holatlari yuqori boʻlgan hududlarda “Korrupsiyatsiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalar doirasida Samarqand viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xodimlari, tuman, shahar boʻlimi boshliqlari va taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshligʻi Shaxobiddin Joʻraboyev bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Soʻngra, yurtimizda bu illatga qarshi olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan korrupsiyaning turli koʻrinishlari tizimda uchrab turgani achinarli holat ekanligi qayd etildi hamda pora olish, pora berish va oʻzlashtirish korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng ogʻir va ijtimoiy xavfliligi yuqori boʻlgan jinoyatlardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, bunda “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini koʻzlab taʼmagirlik qilish” kabi harakatlarga chek qoʻyish, faoliyatning ochiqligini taʼminlash, xodimlarning korrupsiyaga qoʻl urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida masʼullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu