Korrupsiyaga qarshi kurash

.

GRACE dasturini amalga oshirilishiga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2-avgust 2024-yil
image

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Yoshlarda korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan global resursi (GRACE) dasturini amalga oshirilishiga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, dasturning amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilot vakillari dastur ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

O'tgan davr mobaynida loyiha doirasida yoshlarning ta’lim dasturlari uchun mo‘ljallangan GRACE loyihasi doirasidagi kontentlar ta’lim tiliga tarjima qilindi. Huquqni muhofaza qilish akademiyasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim va tadqiqotlarni amalga oshiruvchi 10 ga yaqin professor o‘qituvchilari The anti-corruption academic (ACAD) ga a’zo bo‘lishi ta’minlandi. Maktab o‘quvchilari orasida korrupsiya qarshi kurashish mavzularida insholar va rasmlar tanlovi oʻtkazildi. 
 
Yig‘ilish so‘ngida ishchi guruh a’zolariga yangi o'quv yili boshlanishiga oz muddat qolganligi, o'quvchi-yoshlarni sifatli o'quv materiallari bilan ta'minlash jarayonlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu