Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash

.

XALQ TAʼLIMI TIZIMIDA ANTIKORRUPSION KOMPLAYENS JORIY ETILADI

18-dekabr 2020-yil
image

Xalq taʼlimi tizimida Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida antikorrupsion “komplayens-nazorat” tizimi joriy etiladi.

Bugun Xalq tʼlimi vazirligida BMT taraqqiyot dasturi loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi vakillari ishtirokida xalq taʼlimi tizimida antikorrupsion komplayens tizimini joriy etish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, mazkur loyiha dunyoning to‘rtta yirik auditorlik konsalting kompaniyalaridan biri bo‘lgan KPMG xalqaro kompaniyasi tomonidan donorlik mablag‘lari hisobiga 4 bosqichda amalga oshiriladi:

✅Korrupsiyaga qarshi tizimning hozirgi holatini tahlil qilish;

✅Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini va tartib taomillarinin takomillashtirish/rivojlantirish;

✅Korrupsiyaga qarshi standartlar, chora-tartiblar tartib taomillarini joriy etishda ko‘maklashish; 

✅Korrupsiyaga qarshi choralar va tartib taomillarning samaradorligini baholash.

Loyiha Xalq taʼlimi tizimining barcha faoliyat bosqichlarida uchraydigan korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan 8 ta yo‘nalishni tahlil qilish orqali ularni bartaraf etish hamda ustidan doimiy nazoratni tashkil qilish imkonini beradi.

Loyiha doirasida vazirlikning to‘liq tizimi tanlangan hudud va maktablar misolida o‘rganib chiqilib, orttirilgan ijobiy tajriba Xalq taʼlimi vazirligining barcha bo‘g‘inlarga joriy etiladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish davlat organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar va amaliyotlarni xalqaro mutaxassislarning faol qo‘llab-quvvatlashi va ko‘magi bilan yana-da oson va samarali amalga oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda antikorrupsion komplayens O‘zbekistonning uchta vazirlik va to‘rtta mahalliy davlat xokimiyati organida joriy etilyapti.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu