Sayt test rejimida ishlamoqda

Hududiy boshqarmalar

.
image

KOJABAYEVA
GULISTAN
TALASBAYEVNA

Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini koʻrish;

imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;

hududlarda davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;

umumtaʼlim muassasalarida zamonaviy xavfsizlikni taʼminlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;

umumtaʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida hokimiyatlar reytingini tuzishda koʻmaklashish;

oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash, oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini oshirish, oʻqituvchilarning oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi chogʻida huquq va erkinliklari buzilmasligi, shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, pedagogik kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etishni taʼminlash;

taʼlim qoraqalpoq tilidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun oʻquv reja, oʻquv dasturlari, qoraqalpoq tilidagi zamonoviy darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlarni tayyorlash, yangi va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish, davlat taʼlim standartlari talablarining ijrosini metodik jihotdan taʼminlash, metodik qoʻllanmalarning multimediali ilovalarini qoraqalpoq tilidagi tarjimasini shakllantirish va axborot-taʼlim tarmogʻi (veb-sayt)ga joylashtirish ishlarini amalga oshirish;

taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yana-da chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, ularning umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinfida yoki oʻzlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida oʻqishlarini davom ettirishlarini taʼminlash;

oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish;

oʻquvchi-yoshlarni, jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shugʻullanishga ommaviy jalb etishni tashkil etish;

vazirlik, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va tasarrufdagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu