Hududiy boshqarmalar

.
image

Isakov
Aʼzamjon
Rustamovich

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

1983-yil 16-avgust kuni Namangan viloyatida tavallud topgan.

2005-yil Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

2001-2005 yy. - Namangan muhandislik pedagogika instituti talabasi

2005-2006 yy. - Namangan tumani Irvadon iqtisodiyot kolleji informatika fani o‘qituvchisi

2006-2007 yy. - Namangan yuridik kolleji axborot resurs markazi yetakchi mutaxassisi

2007-2008 yy. - Namangan shahar Davlatobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji informatika fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri

2008-2013 yy. - Namangan shahar Davlatobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji bo‘lim boshlig‘i

2013-2015 yy. - Namangan shahar Davlatobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji kasbiy taʼlim bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2016-2018 yy. - Namangan shahar Davlatobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2018-2020 yy. - Namangan shahar xalq taʼlimi bo‘limi mudiri o‘rinbosari

2020-2021 yy. - Namangan shahar 86-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi direktori

2021-2024 yy. - Yangi Namangan tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

2024 y.  -  h.v. - Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

 Namangan viloyati va mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (bundan buyon matnda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida taʼlim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish;

hududlarda davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;

umumtaʼlim muassasalarida zamonaviy xavfsizlikni taʼminlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;

umumtaʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida hokimiyatlar reytingini tuzishda koʻmaklashish;

oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishini qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash, oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini oshirish, oʻqituvchilarning oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi chogʻida huquq va erkinliklari buzilmasligi, shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrish;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, pedagogik kadrlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etishni taʼminlash;

taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yana-da chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, ularning umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinfida yoki oʻzlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida oʻqishlarini davom ettirishlarini taʼminlash;

oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish;

oʻquvchi-yoshlarni, jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shugʻullanishga ommaviy jalb etishni tashkil etish;

shaharning taʼlim sohasida erishgan yutuqlarini konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida keng targʻib qilish;

Boshqarma tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va tasarrufidagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu