Sayt test rejimida ishlamoqda

Loyihalar

.
logo

Educare

Ijtimoiy-psixologik, tibbiy-psixologik, psixologik-pedagogik modullarni o'z ichiga olgan, o'quvchilarning psixologiyasida kuzatiladigan individual va tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan turli xil dasturlarning video materiallar va uslubiy qullanmalar, shuningdek, o'qituvchilarning psixologik bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ta'lim tizimidagi faoliyati, shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklarni yengish ko'nikmalarini oshirish, maktab o'qituvchilari jamoasidagi psixologik iqlimni yaxshilash, o'quvchilar bilan ishlashda psixologik usullardan foydalanish, stressli vaziyatlarda o'zini boshqarish, maktab o'quvchilarining ota-onalari bilan ishlashning muhim jihatlariga alohida e'tibor qaratish bo'yicha turli video materiallar.

logo

Maktab.uz

Masofaviy ta’lim platformasi. Ushbu platforma masofaviy ta’lim jarayonini amaliyotga keng joriy etish, ta’lim berishda innovatsion shakl va usullaridan samarali foydalanish, sinflar kesimida barcha mavzular bo‘yicha videodarslar bazasini yaratish imkoniyatini beradi.

logo

Uzbekcoders.uz

Dasturlashni o‘rganish uchun ochiq va bepul onlayn platforma.  Ushbu onlayn portal 4 ta yo‘nalish (ma’lumotlar tahlili (Data analysis), android ilovalar (Android), Front-End, Full-Stack) bo‘yicha istagan kishiga IT-mutaxassisliklarni mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyatini beradi.

logo

Onlinedu.uz

Uzluksiz kasbiy ta’lim platformasi.

logo

Ish.uzedu.uz

Ushbu tizim bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilish va malakali kadrlarni topishga hamda ularni ish bilan ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

logo

Ustozmukofoti.uz

Portal zamonaviy talablarni inobatga olgan holda xalqaro tajriba asosida tanlov o'tkazish orqali faol va salohiyatli pedagog va murabbiylarni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

logo

Olympiad.uzedu.uz

Fan olimpiadalarining onlayn platformasi boʻlib, onlayn olimpiadalar tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilar bazasini shakllantirish axborot tizimi. Ushbu tizim orqali 4-11-sinf o‘quvchilari masofadan turib 6 ta fandan olimpiadalarda ishtirok etish imkonini beradi.

logo

Idea.uzedu.uz

Mazkur platforma o‘quvchi-yoshlarning xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va takliflarini shakllantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga mo'ljallangan. Ushbu platformaning maqsadi foydalanuvchilarning taklif va g‘oyalarini yig‘ish, saralash va amaliyotga joriy etishga yo‘naltirish, innovatsiyalarni joriy etishda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashdan iborat.

logo

Kundalik.com

Elektron baholash tizimi, ota-ona va o‘quvchilarga darslarni o‘zlashtirishni onlayn kuzatish va monitoring qilish imkoniyatini beradi. Respublika bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yilida 2 500 dan ortiq maktabda elektron jurnal Kundalik.com tizimi joriy etildi. 2021-2022 o‘quv yilida esa 4 mingdan ortiq maktablarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

logo

e-shahodatnoma.uz

Elektron shahodatnoma platformasi. Maktab ta’limi tizimidagi maktab bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirish maqsadida “Elektron shahodatnoma” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi. 

logo

Kitob.uz

O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni yanada kengaytirish bo‘yicha elektron portal. Kitob.uz axborot tizimiga 3 608 dan ortiq adabiyotlarning elektron va audio shakllari yuklandi. Shuningdek, portalning Android va iOS operatsion tizimlari uchun mobil ilovalari ishga tushirildi hamda 20 mingga yaqin foydalanuvchilar tomonidan yuklab olindi.

logo

Erp.maktab.uz

Xalq ta’limi tizimini boshqarishning dasturiy majmuasi (ERP) ishlab chiqildi va amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu dasturiy majmua 13 dan ortiq tashqi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilindi. ERP dasturiy majmuasi orqali xalq ta’limi tizimiga oid barcha yo‘nalishdagi statistik, ma’lumotlarni almashish yo‘lga qo‘yiladi. Bu dasturiy majmua maktablar soni, sinflar soni, o‘quvchilar soni, o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni doimiy monitoring qilish imkoniyatini yaratadi. Hozirda ERP tizimida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) bilan bog‘langan holda o‘quvchilar va o‘qituvchilar bazasi yaratildi.

logo

My.maktab.uz

Umumta’lim maktablariga o‘quvchilarni onlayn qabul qilish tizimi. Ushbu tizim ota-onalarga qulaylik yaratish, vaqtni tejash va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish kabi sharoitlarni yaratadi.

logo

“Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish” loyihasi

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-sonli “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida “Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajriba, milliy tizimdagi holat o‘rganildi hamda loyihaning konsepsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birgalikda, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar, tartib va metodikalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2020-yilda ishlab chiqilgan talablar, tartib va metodika asosida respublika bo‘yicha 11 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi. 2021-yilda esa yana 42 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi, talablar takomillashtirildi, iyul oyi oxiriga qadar sertifikat berish rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu