XORIJIY HAMKORLAR BILAN 2026-YILGACHA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH BO‘YICHA YO’L XARITASI IMZOLANDI

5-aprel 2023-yil
image

XORIJIY HAMKORLAR BILAN 2026-YILGACHA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH BO‘YICHA YO’L XARITASI IMZOLANDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokida 2023-2026-yillarda ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazir Hilola Umarova, UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi,  UNICYeF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.

Mazkur Yo‘l xaritasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish ko‘zda tutilmoqda:

- o‘qituvchilar malakasini oshirish,
- o‘quvchilar bilimini adolatli baholash tizimini joriy etish, 
- maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
- zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va joriy etish,
- ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Davra suhbati davomida vazirlik va xalqaro hamda mahalliy hamkorlar o‘rtasida Yo‘l xaritasi imzolandi.

Endilikda mazkur Yo‘l xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, ta’lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni ta’minlaydi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu