Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘QITUVCHILARNING FIKR-MULOHAZALARI O‘RGANILMOQDA

24-mart 2023-yil
image

O‘QITUVCHILARNING FIKR-MULOHAZALARI O‘RGANILMOQDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Prezident maktablarida INGLIZ TILI o‘qituvchilarining mahorati oshirilmoqda.

E’tiborli jihati, har bir trening mashg‘ulotidan so‘ng o‘qituvchilarga QR kod taqdim etilgan bo‘lib, ustozlar maxsus manzilda treninglar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda. 

Mazkur ijtimoiy so‘rovnoma kelajakda tashkil etiladigan treninglarni yanada mukammallashtirishga yordam beradi. 

So‘rovnoma natijalari alohida e’lon qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu