Yurist maslahati

25-mart 2023-yil
image

Savol: Maktablarda ta’til bo’lgan vaqti ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq to‘laydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi).

Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta-ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘z faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi.

Pedagoglar ish rejasi ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, quyidagi ikki yo‘nalishda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy o‘rta ta’lim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars bo‘lmagan davrda ham o‘qituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu