Joriy yilda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlarida kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

11-mart 2023-yil
image

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi.

9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6-may kunlari o‘tkaziladi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.

Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika ta’lim markazi amalga oshiradi.

Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023-yilning 1-aprelga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.

Quyidagi jadval orqali bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati hamda tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu