Maktab o‘quvchilarining tibbiy salomatligini asrash bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda

30-noyabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilarining tibbiy salomatligini saqlash borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, kasalliklarni oldini olish maqsadida haftaning shanba kunlari tibbiyot va xalq ta’limi xodimlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shuningdek, barcha ta’lim muassasalarida “Salomatlik burchagi” tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlashga doir tibbiy profilaktik tavsiyalar berib borilmoqda.

Umumuta’lim maktablaridagi “Qizlarjon” klubi hamda “Orasta qizlar” to‘garaklari orqali o‘quvchi-qizlarga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish, reproduktiv salomatlikka doir zarur bilimlar qo‘shimcha mashg‘ulot tarzida berib boriladi.

Hozirda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchi-qizlar uchun “Orasta qizlar yon daftari – salomatlik saboqlari” nomli elektron qo‘llanma ishlab chiqildi va tavsiya tarzida tarqatildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu