Samarqand viloyatida hozirga qadar 196 400 tup turli xildagi daraxt ko‘chatlari ekildi

25-noyabr 2022-yil
image

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab qizg‘in davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlari Samarqand viloyatidagi barcha umumta֦’lim maktablarida uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Xususan, viloyatning Qo‘shrabot tumanidagi mavjud maktablar hududidagi bo‘sh yer maydonlarida “dolzarb 40 kunlik” doirasida 10 000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shuningdek, tumandagi “Qoratosh” va “Jo‘sh Ota” mahallalaridagi katta va ichki yo‘llar atrofini obodonlashtirish maqsadida 2 500 dan ortiq qayrag‘och va gilos ko‘chatlari, 7000 dona atirgul qalamchalari ekildi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda tumandagi “Yo‘l ko‘klam” unitar korxonasi bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun aytish lozimki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablari hududiga hozirga qadar 63 100 tup manzarali, 25 900 tup mevali, 107 400 tup buta, jami 196 400 tup turli xildagi daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ayni vaqtda mazkur loyiha doirasida viloyat maktablari hududiga daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

 

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu