Yaponiyalik mutaxassislar tomonidan 290-maktabning inklyuziv sinf o‘qituvchilariga amaliy metodik yordam ko‘rsatildi

27-oktabr 2022-yil
image

Xalq taʼlimi hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari, shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida “O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim amaliyotini yana-da rivojlantirish” (SPISE-UZB) nomli hamkorlik loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha doirasida respublikamizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish maqsadida treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

Mashg‘ulotlarda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Respublika taʼlim markazi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti mutaxassislari, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining inklyuziv sinflarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Bektemir tumanidagi 290-umumtaʼlim maktabida inklyuziv sinflarda faoliyat olib borayotgan 2 nafar mentor sifatida o‘qitilgan o‘qituvchi ish faoliyatini kuzatish maqsadida Yaponiya davlatining Kokushikan Universiteti professori Takako Homma hamda loyiha rahbari Kohei Horiba tashrif buyurdi. Tashrif davomida chet ellik mutaxassislar tomonidan Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga amaliy metodik yordam ko‘rsatildi.

Ayni vaqtda 290-umumtaʼlim maktabida 3 ta inklyuziv sinf tashkil etilgan bo‘lib, jami 9 nafar alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan bolalar taʼlim-tarbiya olmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu