Nukus tumanidagi 4-maktabda Xalq ta’limi vazirligining ramziy bog‘i yaratiladi

27-oktabr 2022-yil
image

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida olib borayotgan o‘rganish ishlari Nukus tumanidagi 4-umumta’lim maktabida davom etdi.

O‘rganishlar davomida maktabda “Yashil makon” aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinganidek, bugungi kunga qadar ushbu maktab hududida 200 donadan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Maktab maydonida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini yanada jadallashtirish hamda yaratilayotgan bog‘ni ramziy ma’noda Xalq ta’limi vazirligi bog‘iga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.

Aksiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Leyli Seytova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Abatbay Daniyarov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi vakillari tomonidan mazkur bog‘ hududida turli daraxt ko‘chatlari ekildi.

Hozirda O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi qo‘mitasi bilan birgalikda hududdagi maktablarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari doimiy yetkazib berilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu