Vazir o‘rinbosari tomonidan Andijondagi maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

25-oktabr 2022-yil
image

Yurtimizda yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, buning uchun ta’lim muassasalarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Joriy yilning 25-oktabr kuni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalarini 2022-2023-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi.

Vazir o‘rinbosari tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari ekspluatatsiya xizmatlarining mazkur masalalarga doir savollariga javob berib o‘tdi.

Shuningdek, xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari hamda ushbu yo‘nalishdagi mutasaddilarni kuz-qish mavsumida ikki karra jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi, turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish uchun ham sergaklikni yanada oshirishi kerakligi xususida o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu