XALQ TAʼLIMI VAZIRI GULISTON SHAHRIDA YANGI BARPO ETILAYOTGAN VILOYAT “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MARKAZI HAMDA “BOLALAR SHAHARCHASI”DAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI

17-dekabr 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Guliston shahridagi yangi barpo etilayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazining loyihasi boʻyicha masʼullar bilan suhbatlashdi. Qurilish ishlarini sifatli olib borilishi, markazda oʻquvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

photo2021-12-1717-02-07.jpg

Soʻngra vazir xalq taʼlimi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan oʻquvchilarning hayoti bilan tanishish maqsadida “Bolalar shaharchasi”da boʻldi. Ushbu maskandagi bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarlarga yoʻnaltirish, iqtidorini shakllantirish hamda yashashi va ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

photo2021-12-1717-01-51.jpg

“Bolalar shaharchasi”da bugungi kunda 13 nafar tarbiyalanuvchi qolgani sababli ularni ham oilalarga joylash orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu