O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Xususan, yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, sport, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ham borligi quvonarli hol. Jumladan:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdullayev Ramazon Bobomurodovich - Boysun tumanidagi 53-umumiy o‘rta taʼlim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Iskandarov Bo‘ri - Kasbi tumanidagi 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Astafurova Natalya Konstantinovna - Yangiyer shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Sirdaryo viloyati
Azamatova Karima Nabiyevna - Guliston shahar ko‘zi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi bo‘yicha to‘garak rahbari, Sirdaryo viloyati
Temirov Amirjon Boboavezovich - So‘x tumanidagi 29-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori, Farg‘ona viloyati
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Salimova Nigora Abdulkarimovna - Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Baratova Shahzoda Abdullajonovna - Kosonsoy tumanidagi 33-umumiy o‘rta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Alimova Nigora Israilovna - O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi «Mehrli maktab» davlat taʼlim muassasasi direktori
Raimova Feruza Baxodirjonovna - Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-internat-uyi tarbiyachisi.
Xalq taʼlimi vazirligi jamoasi barcha pedagoglarni ushbu yuksak mukofotlar bilan samimiy muborakbod etadi!