Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

13-sentabr 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni Samarqandga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu