Xabaringiz bor, 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab sport zali mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da oʻtiladigan “Jismoniy tarbiya” fani darslari oʻquv soatlarini 10 hafta davomida 5-10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.
11-yanvar kuni mazkur tartibni bekor qilish hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishi jarayonlarini takomillashtirish toʻgʻrisida Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi imzolandi.
Unga koʻra oʻquvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish, sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida qishki davrda ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan oʻqitilishi belgilandi.
2021-2022 oʻquv yilining 3-choragidan boshlab sport zali mavjud boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarida ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 (ikki) soatdan oʻqitiladi.