Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va maktablarda psixologik xizmat sifatini yana-da oshirish masalalari muhokama etildi

18-avgust 2022-yil
image

Joriy yilning 16-18 avgust kunlari respublikamiz miqyosida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etishda ko‘maklashish hamda maktablarda psixologik xizmat sifatini yana-da oshirish maqsadida psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda barcha shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan "Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi" uslubchilari hamda umumtaʼlim maktablari psixologlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Xalq taʼlimi vazirligi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixolog va metodistlarga o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, psixologik xizmat va inklyuziv taʼlim bo‘yicha yangi 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar batafsil tushuntirildi.

Shu bilan bir qatorda, forum doirasida o‘quvchi-yoshlarni maktab davridan zamonaviy kasb-hunar egallashiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda psixologlarning asosiy o‘rni, taʼlim muassasalarida psixologik xizmat sifatini yana-da oshirish va inklyuziv taʼlimni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu