“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonun mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilmoqda

17-avgust 2022-yil
image

Joriy yilning 8 avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ayni vaqtda Xalq taʼlimi vazirligida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbiri davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritilmoqda.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ushbu masalalarga doir muhim fikrlar bildirib o‘tilgan.

10 ta bob va 64 ta moddadan iborat ushbu qonun davlat organlarining davlat xizmatini tartibga solish sohasidagi asosiy vakolatlarini belgilab beradi. Shuningdek, unda davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari, ish bilan taʼminlash tamoyillari va ushbu sohadagi korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olish mexanizmlari belgilangan.

Qonun bilan kadrlarni ochiq tanlov orqali saralash tizimi joriy etildi va davlat xizmatchisining xizmat davridagi faoliyati to‘liq kafolatlanadi. Unga ko‘ra, endilikda davlat xizmatchilari xizmat pog‘onalarida erkin faoliyat yuritishi mumkin bo‘lib, ish vaqti va xaq to‘lashning shakllari huquqiy jihatdan aniq mexanizmlar asosida tartibga solinmoqda.

Aytib o‘tilganidek, Qonun sohaga oid mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida tayyorlangan.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan muhim fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu